Ta'lim platformasi

Python Basic

6 oy ichida pul ishlab toping
−60% 0 дня 00:00:00
  • Davomiyligi

    4−6 oy

  • Telegram-bot

    portfoliodagi haqiqiy loyiha

  • Kursga kirish - abadiy

    agar biror narsani unutgan bo’lsangiz, darslarga qaytishingiz mumkin

  • −60%

    Chegirma60% qo'llaniladi
    0 дня 00:00:00

Python dasturlash tili kimga to’gri keladi:

  • Uydan ishlashni xohlaydigan va sharoitga qaramaganlar
  • O’z darajasini va daromadini oshirishni xohlaydigan tahlilchilar uchun
  • Amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishni istagan talabalar uchun
  • Frilanser bo’lib ishlashni va qo’shimcha daromad olishni xohlovchilar uchun

2023-yilda eng mashhur til

TIOBE tadqiqotiga ko’ra, 2022 yil oxirida Python eng mashhur dasturlash tillari ro’yxatida birinchi o’rinda turadi. U C, JavaScript, PHP, Swift tillaridan oldinga chiqib ketgan. Uning yordamida veb-saytlar, ilovalar va neyrotarmoqlar yoziladi.

Ushbu kurslar kimlar uchun mo‘ljallangan

  • Dasturlashni mukamal o’rganmoqchi bo’lganlar uchun

    Python noldan organatiladi: sintaksis, funksiyalar, standart kutubxonalar. Python-dasturchi sifatida o’z karyerangizni boshlay olasiz.

  • Boshlayotgan Python dasturchilari uchun

    Siz Python haqidagi mukamal bilimga ega bo’lasiz, mavzularni professional darajada o’zlashtirb, ishlab chiquvchi sifatida malakangizni oshirasiz.

  • IT sohasidagi mutaxassislar uchun

    Siz Python-ni ozlashtirasiz va odatdagi vazifalarni avtomatlashtirasiz, vakolatlaringiz doirasini kengaytirasiz va mutaxassis sifatida qadr-qiymatiingiz oshadi.

  • Boshqa tillarda dasturlaydiganlar uchu

    Siz Python xususiyatlarini yaxshiroq tushuna boshlaysiz, oz mutaxassisligingizni ozgartirish imkoniyatiga ega bolasiz va eng ehtiyojli va talab etilayotgan oddiy tillardan birida ishlay boshlaysiz.

Siz nimalarni o‘rganib olasiz

  • Sof kodni yozish

    Python sintaksisi bilan tanishasiz, dasturlashni to‘g‘ri amalga oshirish va sizga hamda boshqa ishlab chiquvchilarga tushunarli bo‘lgan qisqa va aniq kodni yozishni o‘rganasiz.

  • Ma’lumotlar algoritmlari va tuzilishini tushunish

    Ma’lumotlar algoritmlari va ularning tuzilishini o’ganish bilan birga ma’lumotlar asosiy algoritm tuzilmalarini va ularni Pythonda qanday amalga oshirishni o‘rganasiz. Algoritmlarning murakkabligini qanday baholashni bilib olasiz.

  • Python –da dasturlar yaratish

    Python yordamida siz turli xil dasturlar qanday yaratishni bilib olasiz. Yani: imperativ, ob’ektli va funksional uslublarda

  • Kodni sinash

    Sozlash va sinov usullarini mukamal egalaysiz— o’zingizning yoki boshqalarning kodidagi xatolarni topa olish bilan birga ularni tuzata olasiz.

Kurs mazmuni

O‘quv dasturi oddiydan murakkabgacha tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib, materialni ketma-ket o‘rganish va egallangan ko‘nikmalarni mustahkamlashingizga imkon beradi.

  • 6 oylik o'qish
  • 1-32 tematik modullar
  1. Kirish

      1. Onlayn kod muharriri bilan ishlashni o‘rganasiz. Birinchi dasturingizni yozasiz va print() funksiyasidan foydalanishni bilib olasiz.
  2. Python bilan ishlash asoslari

      1. O‘zgaruvchilar, input() funksiyasi va satrlar bilan ishlash asoslarini o‘rganasiz.
  3. Operatorlar va ifodalar

      1. Sonlar ustida arifmetik amallar bajarishni, amallar bajarilish tartibini va sonlarni klaviaturadan kiritishni o‘rganasiz. Shuningdek, butun va qoldiqli bo‘lish hamda qisqartirilgan o‘zlashtirish operatorlari bilan tanishasiz.
  4. if shart operatori va tarmoqlanish

      1. if operatori bilan ishlash asoslarini o‘rganasiz hamda shartlardan foydalaniladigan sodda dasturlarni yozasiz.
  5. if shart operatori: davomi

      1. not, and va or mantiqiy operatorlarini o‘rganasiz. Ketma-ket va ichma-ich shartlarni yozish, shuningdek, murakkab mantiqiy ifodalarni soddalashtirishni bilib olasiz.
  6. while sikli

      1. while siklidan foydalanishni o‘rganasiz. Mantiqiy o‘zgaruvchilar, cheksiz sikllar hamda break va continue operatorlari bilan ishlaysiz.
  7. for sikli: hisoblagichli sikllar

      1. Sonlar ketma-ketligi bo‘yicha takrorlash uchun for siklidan foydalanishni hamda range() funksiyasining asoslarini o‘rganasiz.
  8. for sikli: range() bilan ishlash xususiyatlari

      1. range() funksiyasining start, stop va step parametrlaridan foydalanishni o‘rganasiz.
  9. for sikli: satrlar bilan ishlash

      1. for sikli yordamida satrlar bo‘ylab takrorlashni o‘rganasiz. Shuningdek, print() funksiyasining end parametri va satrlar bilan ishlashda shart operatoridan foydalanasiz.
  10. Ichma-ich sikllar

      1. Ichma-ich sikllar qayerda va qanday qo‘llanishini bilib olasiz. Tashqi va ichki sikl hisoblagichlarining o‘zgarishini kuzatish, ularni taqqoslash hamda matematik masalalarni ichma-ich sikllar yordamida yechishni o‘rganasiz.
  11. Sonlar: int va float turlari

      1. Pythonda butun sonlar (int) va haqiqiy sonlar (float) bilan ishlashni o‘rganasiz. Sonlarni kiritish, bir turdan boshqa turga o‘tkazish va ular ustida arifmetik amallar bajarishni bilib olasiz. Shuningdek, math modulidagi asosiy matematik funksiyalar bilan tanishasiz.
  12. Funksiyalar: boshlang‘ich tushunchalar

      1. Funksiyalar bilan ishlash asoslarini o‘rganasiz: funksiyani e’lon qilish va chaqirish, shuningdek, bitta yoki bir nechta parametrga ega funksiyalarni yaratish.
  13. float turining xususiyatlari

      1. Haqiqiy sonlarni kompyuter xotirasida saqlash xususiyatlarini va ular bilan hisob-kitob qilishda yuzaga keladigan aniqlik muammolarini o‘rganasiz. Sonlarni yaxlitlash hamda berilgan aniqlik bilan ishlaydigan algoritmlarni tuzishni bilib olasiz.
  14. IDE-ni o‘rnatish va sozlash

      1. PyCharm IDE-sini o‘rnatish va sozlashni o‘rganasiz. Buyruqlar satri va Python interpretatori bilan ishlash, dasturlarni ishga tushirish va xatolarni tuzatishni bilib olasiz.
  15. Asosiy kolleksiyalar: ro‘yxatlar

      1. Pythonning asosiy kolleksiyalaridan biri — ro‘yxatlar (list) bilan ishlashni o‘rganasiz. Ro‘yxatlarni yaratish va ekranga chiqarish, ularning elementlariga murojaat qilish hamda sikllar yordamida ro‘yxatlarni shakllantirishni bilib olasiz.
  16. list: ro‘yxatlar bilan ishlash usullari

      1. Ro‘yxatlar bilan ishlashga mo‘ljallangan funksiyalar va metodlarni o‘rganasiz. Ro‘yxat elementlarini o‘chirish va almashtirish, ro‘yxat bo‘ylab takrorlash hamda ichma-ich ro‘yxatlar bilan ishlashni bilib olasiz.
  17. List comprehension: ro‘yxatlarni ixcham yaratish

      1. List comprehension yordamida ro‘yxatlarni ixcham shaklda yaratishni o‘rganasiz. Shuningdek, kesimlar (slice) bilan ishlash va ro‘yxatlarni saralashni bilib olasiz.
  18. Asosiy kolleksiyalar: satrlar

      1. Satrlar bilan ishlashni chuqurroq o‘rganasiz. Satr metodlaridan foydalanish, satrlarni o‘zgartirish, qidirish, bo‘lish va formatlashni bilib olasiz.
  19. Asosiy kolleksiyalar: lug‘atlar va to‘plamlar

      1. Lug‘atlar (dict) yaratish va ularning elementlari bilan ishlashni o‘rganasiz. Lug‘at metodlari, kalitlar va qiymatlar bo‘ylab takrorlash bilan tanishasiz. Shuningdek, to‘plamlar (set) yaratish va ular ustida asosiy amallarni bajarishni bilib olasiz.
  20. Asosiy kolleksiyalar: kortejlar

      1. Kortejlarning (tuple) ro‘yxatlardan qanday farq qilishini va ular qaysi holatlarda qo‘llanishini bilib olasiz. zip() va enumerate() funksiyalaridan foydalanishni o‘rganasiz. Shuningdek, lug‘at kalitlari va qiymatlari bilan birgalikda ishlash hamda murakkab kalitlardan foydalanishni bilib olasiz.
  21. Funksiyalar: davomi

      1. Funksiyalardan qiymat qaytarish va return operatoridan foydalanishni o‘rganasiz. Standart parametr qiymatlari, kolleksiyalarni funksiyalarga uzatish va funksiyadan qaytarish hamda rekursiya bilan ishlashni bilib olasiz.
  22. Fayllar bilan ishlash

      1. Fayllarga olib boruvchi yo‘llar va Unix uslubidagi path bilan ishlashni o‘rganasiz. Fayllar ustida bajariladigan asosiy amallar — open(), read(), write() va close() bilan tanishasiz. Fayl satrlari bo‘ylab for sikli yordamida takrorlash, matndan kerakli qator yoki qismni qidirish hamda fayllar bilan xavfsiz ishlashni bilib olasiz.
  23. Istisnolar: xatolar bilan ishlash

      1. Istisnolar va ularning ierarxiyasi nima ekanini bilib olasiz. try, except, else va finally konstruksiyalaridan foydalanish hamda xatolarni to‘g‘ri qayta ishlashni o‘rganasiz.
  24. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashga kirish

      1. Pythonda obyektga yo‘naltirilgan dasturlash asoslarini o‘rganasiz. Sinflar, obyektlar va metodlar, __init__ konstruktori bilan tanishasiz. Shuningdek, self obyektning o‘ziga havola ekanini va undan qanday foydalanishni bilib olasiz.
  25. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillari

      1. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tamoyillari — inkapsulyatsiya, vorislik va polimorfizmni o‘rganasiz. Ma’lumotlarni yashirish, voris sinflarni yaratish hamda sinflar va metodlar o‘rtasidagi aloqalarni tashkil etishni bilib olasiz.
  26. Iteratorlar va generatorlar

      1. Iterator va iteratsiya qilinadigan obyekt o‘rtasidagi farqni tushunasiz. iter() va next() funksiyalari yordamida iteratorlar bilan ishlashni o‘rganasiz. Shuningdek, funksiyani generatorga aylantirish va yield operatoridan foydalanishni bilib olasiz.
  27. Funksiyalar: yakuniy mavzular

      1. Lambda funksiyalari, map(), filter(), reduce(), all() va any() funksiyalari bilan ishlashni o‘rganasiz. Nomlar fazosi, ko‘rinish sohasi, lokal va global o‘zgaruvchilar hamda yopilishlar — closure tushunchasi bilan tanishasiz. Shuningdek, Counter sinfidan foydalanishni bilib olasiz.
  28. Dekoratorlar: asosiy daraja

      1. Funksiyalarning ishlash xususiyatlarini o‘zgartirish va kengaytirish uchun dekoratorlardan foydalanishni o‘rganasiz. datetime moduli bilan ishlash hamda dekorator yordamida funksiyaning bajarilish vaqtini o‘lchashni bilib olasiz.
  29. Sinflar bilan chuqur ishlash va o‘rnatilgan dekoratorlar

      1. Ko‘p martalik vorislik bilan ishlashni o‘rganasiz. Sinf interfeyslari va abstrakt sinflar bilan tanishasiz. @staticmethod, @classmethod va @property kabi o‘rnatilgan dekoratorlardan foydalanish, shuningdek, metodni alohida chaqirmasdan obyekt atributlarini olish yoki o‘zgartirishni bilib olasiz.
  30. Dekoratorlar: ilg‘or bosqich

      1. Argument qabul qiluvchi dekoratorlarni yaratish va ulardan foydalanishni o‘rganasiz. Generatorlar yordamida kontekst menejerlarini yaratish, contextlib vositalaridan foydalanish hamda logging moduli orqali dastur ishini qayd etishni bilib olasiz.
  31. Ma’lumotlar bilan ishlash uchun kutubxonalar

      1. Regulyar ifodalar, sana va vaqt bilan ishlash vositalari hamda itertools moduli bilan tanishasiz. Ushbu vositalar yordamida matnlarni qayta ishlash, vaqt va sanalar ustida amallar bajarish hamda samarali iteratorlar yaratishni o‘rganasiz.
  32. Telegram bot yaratishga tayyorgarlik

      1. Telegram botlarning ishlash prinsiplari, ularni yaratish hamda ma'lumotlar bazasi bilan bog'lanish uchun SQLite3 va Peewee ORM texnologiyalari bilan tanishasiz. Ushbu vositalar yordamida xavfsiz, ishonchli botlar loyihalashni hamda foydalanuvchi ma'lumotlarini tizimli saqlash va boshqarishni o‘rganasiz.

Spiker

Abdulla
Abdurazzoqov
Toshkent shahridan muhandis-dasturchi.

EXADEL kompaniyasida dasturiy ta'minot muhandisi. Ish tajribasi — 3 yildan ortiq.

14 yoshida HTML/CSS/PHP yordamida dasturlashni boshlagan. O’sha paytda u o’zi uchun bir nechta veb-saytlarni yaratgan. Endi uning asosiy dasturlash tili — bu Python. U ML/DL loyihalarini veb-ilovalar bilan birlashtiradi. Quyidagi loyihalarda Python dasturchisi sifatida tajribaga ega: Jafton.com, UzAuto Motors, Fiverr.

Kurs ishtirokchilarining fikr-mulohazalari

Ivan Medvedev, Ivanteevka Курс Sinov bo‘yicha muhandis
Agar biron bir materialni o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, amaliy ishlar yuzasidan  savol tug‘ilsa -  kuratorga yozish kifoya va  u sizga yordam beradi va muammoni qanday hal qilishga ko‘maklashadi.

Kursda 9 oydan so‘ng men veb-saytlarga boshqacha nazar bilan qarashni boshladim. Endi men xatolarni ko‘ra olaman, sahifalashni bilaman, reportlarni olib boraman. Muayyan dasturiy ta’minot bilan ishlashni o‘rgandim.Hozirdanoq Skillbox ni tanlaganimdan umuman afsuslanmayman. Rahmat!!!
Valentina Narushevich, Sankt-Peterburg Курс Grafik dizayner noldan PRO gacha
Kurs tufayli men ajoyib posterlar va vektorli tasvirlarni yaratishni o‘rgandim. Shuningdek, mening yangi skillarim ro‘yxati professional grafik dizaynerning asosiy ko‘nikmalaridan biri bo‘lgan retushlarim va tasvirlar obtravkasini  to‘ldiradi.
Va, albatta,  jurnallarni sahifalash ko‘nikmasi! Endi, men haqiqiy grafik dizayner sifatida, birorta mashhur jurnalni osongina yarata olaman.

Videosharhlar

  • Kurs boshlanishi: 25 августа
  • Qoldi: 8 мест

Kurs narxi

Скидка действует 0 дня 00:00:00

  • 3 104 713 сум/oy
  • −60%
1 241 885 сум/oy
  • Bo'lib to'lash 6 oylik
  • Ishonchli hamkor banklardan mo'ddatli to'lov
  • 1 yil ingliz tilini o'rganish bepul
  • Kurs bitirishdan keyin rus va o'zbek tilida sertifikat

Kursga yozilish yoki bepul maslahat olish

Ознакомиться с условиями публичного договора
Xatolik yuz berganga o'xshaydi. Qayta yuborishga harakat qiling yoki sahifani qaytadan yuklang.
Rahmat!

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez-tez beriladigan savollar

  • Men avval dasturlamaganman. Uddalay olarmikanman?

    Albatta! To‘g‘ri yondashuv, bilimlar ko‘lamini mutstaqil rivojlantirish va amaliy ishlarni o‘z vaqtida bajarish bilan siz maxsus bilimlarsiz ham natijaga erishishingiz mumkin. Tajribali murabbiylar hamma ishingizda yordam beradilar, sizni kurs davomida yo‘naltiradilar.

  • Kursda o‘qish uchun dasturiy ta’minot yoki uskunalar sotib olishim kerak bo‘ladimi?

    Yo‘q. Sizga kerkli barcha narsa kursda bor. Shu jumladan, IDE ot JetBrains ishlash muhiti ham.

  • Platformadagi mashg‘ulotlar jadvali qanday? Uni ish bilan birga olib borish mumkinmi?

    Kurs materiallari bilan o‘zingizga qulay vaqtda va o‘zingizga mos sur’atda ishlashingiz mumkin. Bundan tashqari, barcha videolar kurs tugaganidan keyin ham, doimiy mavjud bo‘ladi va shuning uchun siz istalgan vaqtda o‘z bilimingizni yangilashingiz mumkin. Platformadagi mashg‘ulotlar ishingiz, o‘qishingiz va shaxsiy hayotingiz bilan birga olib boriladigan tarzda tashkil etilgan.

  • Kursga haftasiga necha soat vaqt ajratishim kerak bo‘ladi?

    Hammasi o‘zingizga bog‘liq. Ishtirokchilar haftasiga o‘rtacha 3 soatdan 5 soatgacha shug‘ullanadilar. Biroq, kasbni tezda o‘zlashtirish va zo‘r dasturchi bo‘lishni istasangiz, materiallarni har kuni kamida 1-2 soat davomida o‘rganishingizni maslahat beramiz.

  • Boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish imkoni bormi?

    Ha. Siz turli kurslar bo‘yicha chatlarga qo‘shilasiz. U yerda siz foydali materiallarga havolalar va eng tez-tez uchraydigan savollarga javoblarni topasiz. Ushbu chatlarda ishtirokchilar bor bo‘lib, siz ular bilan mavzular va loyihalarni muhokama qilishingiz, tajriba almashishingiz yoki yordam so‘rashingiz mumkin.

  • Muddatli to‘lov dasturlari amal qiladimi?

    Ha, siz kursni qismlarga bo‘lib sotib olishingiz — va o‘z byudjetingizning to‘liq miqdorini kichik oylik to‘lovlarga bo‘lish orqali rejalashtirishingiz mumkin.