Darya Sivtsevich, Belarus, Vitebsk sh.
Ajoyib kuratorlar qo‘llab-quvvatlaydi, o‘zingizga ishonch bilan qarashga va maqsad sari harakat qilishga yordam beradi. Maktabdagidek emas, balki materialni ongli ravishda tushunishga urg‘u beriladi. Amaliy topshiriqlar qiziqarli va ular tez tekshiriladi. Ko’rgazmalar va videolarning dizayni juda estetik zavq bag‘ishlaydi.
Ruslan Ismailov, O‘zbekiston, Toshkent sh.
Hammasi zo‘r, ayniqsa kuratorning ishi. Amaliy ishlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va Telegram’dagi chat-guruh yoqdi: istalgan vaqtda savol berish mumkin va javob olish mumkin.
Muhammadjon Nabiyev, O‘zbekiston, Farg‘ona sh.
Hammasi tushunarli va aniq tushuntiriladi. O‘qishni boshlashdan oldin bu kasbni o‘rganish deyarli imkonsiz deb o‘ylardim, ammo Skillbox buning aksini isbotladi. Buning uchun juda xursandman. Katta rahmat!
Xurshid Safarov, O‘zbekiston, Termiz sh.
Men Python’ni noldan boshlab mustaqil o‘rganishni boshlagan edim, ammo hech narsa o‘xshamadi. Bir payt boshi berk ko‘chaga kirib, nima qilishni ham tushunmay qolgandim. Keyin Skillbox kursini sotib oldim va aynan shu yerda mavzuni tushuna boshladim.
Aytmoqchimanki, bu qarorim to‘g‘ri bo‘lgan. Skillbox jamoasiga katta rahmat! Hammaga tavsiya qilaman.
Yuriy Antonov, Belarus, Minsk sh.
O‘qish juda oson va tez o‘tdi. Barcha ma’lumotlar modullar bo‘yicha videolarda berilgan. Amaliy topshiriqlarni bajarishda ba’zan mustaqil izlanish kerak bo‘ldi, lekin bu minus emas, aksincha katta plyus. Bu orqali internetdan kerakli ma’lumotni to‘g‘ri izlashni ham o‘rgatadi.
Yakuniy loyiha juda qiziqarli va turli funksiyalar bilan boy bo‘lgani uchun uni doim bajarishni xohlardim. Afsuski, uni qabul qilib olishdi :)
Hayotingizdagi o‘zgarishlarga tayyormisiz?
Birinchi qadamni qo‘ying!