Образовательная платформа
Участвует в распродаже Скидки до 55% действуют 0 дней 00:00:00
Python Basic
Курс

Python Basic

Python da veb-ilovava neyro-tarmoqlar yaratiladi, ilmiy hisob-kitoblar amalga oshiriladi va jarayonlar avtomatlashtiriladi. Siz talab etilgan dasturlash tilida noldan boshlab dasturlashni o’rganib olasiz, sayyohlik agentligi uchun Telegram-botlar yaratasiz va o’z karyerangizni boshlaysiz.

Ushbu kurslar kimlar uchun mo‘ljallangan

  • Dasturlashni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun Dasturlashni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun

    Siz Python-ni noldan o‘rganasiz: sintaksis, funksiyalar, standart kutubxonalar. Python-dasturchi sifatida o‘z karyerangizni boshlay olasiz.

  • Boshlayotgan Python dasturchilari uchun Boshlayotgan Python dasturchilari uchun

    Siz Python haqidagi bilimlaringizni tizimlashtirasiz va chuqurlashtirasiz, ilg‘or mavzularni o‘zlashtirasiz va ishlab chiquvchi sifatida malakangizni oshirasiz.

  • IT sohasidagi mutaxassislar uchun IT sohasidagi mutaxassislar uchun

    Siz Python-ni o‘zlashtirasiz va odatdagi vazifalarni avtomatlashtirasiz, vakolatlaringiz doirasini kengaytirasiz va mutaxassis sifatida qadr-qiymatiingiz oshadi.

  • Boshqa tillarda dasturlaydiganlar uchun Boshqa tillarda dasturlaydiganlar uchun

    Siz Python xususiyatlarini yaxshiroq tushuna boshlaysiz, o‘z mutaxassisligingizni o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz va eng ehtiyojli va oddiy tillardan birida ishlay olasiz.

Siz nimalarni o‘rganib olasiz

  1. Sof kodni yozish

    Python sintaksisi bilan tanishasiz, dasturlashni to‘g‘ri amalga oshirish va sizga hamda boshqa ishlab chiquvchilarga tushunarli bo‘lgan qisqa va lo‘nda kodni yozishni o‘rganasiz.

  2. Ma’lumotlar algoritmlari va tuzilishini tushunish

    Ma’lumotlarning asosiy algoritmlari va tuzilmalarini bilib olasiz va ularni Pythonda qanday amalga oshirishni o‘rganib olasiz. Algoritmlarning murakkabligini qanday baholashni bilib olasiz.

  3. Python -da dasturlar yaratish

    Pythonda turli xil: imperativ, ob’ektli va funksional uslublardagi dasturlarni qanday yaratishni bilib olasiz

  4. Kodni sinash

    Sozlash va sinov usullarini o’zlashtirasiz — o’zingizning yoki boshqalarning kodidagi xatolarni topa olasiz va tuzata olasiz

Skillbox haqida

O‘qish platformada qanday amalga oshiriladi

  • Превью видеозаписи

    Siz kurslarda bevosita qatnashishingiz yoki yangi kasbni istalgan vaqtda onlayn egallashingiz mumkin. Har bir moduldan keyin uy vazifalarini bajararing va kurs kuratorlaridan qayta aloqa orqali fikr-mulohazalarni oling. Kurs oxirida yakuniy loyiha tayyorlang va uni portfolioga joylang.

Kurs mazmuni

Sizni ekspertlar tomonidan tayyorlangan haqiqiy hayotiy keyslarga asoslangan materiallar va amaliyot kutmoqda.

  • 31 tematik modullar
  • 160 ta videomateriallar
  1. Python Basic

      1. Kirish
      2. Python bilan ishlash asoslari
      3. Operatorlar, ifodalar
      4. if shartli operatori, tarmoqlash
      5. if shartli operatori: davomi
      6. while sikli
      7. for sikli. Hisoblagichli sikllar
      8. for sikli. range bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
      9. for sikli: qatorlar bilan ishlash
      10. Ichki joylangan sikllar
      11. Raqamlar. int va float turlari
      12. Funksiyalar: boshlanish
      13. Float ning o‘ziga xos xususiyatlari
      14. IDE ni o‘rnatish va sozlash
      15. Bazaviy to‘plamlar. Ro‘yxatlar
      16. List: ro‘yxatlar bilan ishlash metodlari
      17. Ro‘yxatlarni taqdim etish
      18. Bazaviy to‘plamlar. Satrlar
      19. Bazaviy to‘plamlar. Lug‘atlar va ko‘pliklar
      20. Bazaviy to‘plamlar. Kortejlar
      21. Funksiyalar: davomi
      22. Fayllar bilan ishlash
      23. Istisnolar: xatolar bilan ishlash
      24. OOP ga kirish
      25. OOP ning asosiy prinsiplari
      26. Iteratorlar va generatorlar
      27. Dekoratorlar: tayanch daraja
      28. Sinflar bian chuqur ishlash va o‘rnatilgan dekoratorlar
      29. Dekoratorlar: ilgarilagan daraja
      30. Funksiyalar. Yakun.
      31. Ma’lumotlar bilan ishlash uchun kutubxonalar

Yakuniy loyiha

  • Превью видеозаписи

    Sayyohlik agentligi uchun bot

    Too Easy Travel sayyohlik agentligi topshirig‘iga ko‘ra Telegram-bot ishlab chiqasiz. Bot turar joyning taxminiy narxini va Foydalanuvchining joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni qabul qiladi va eng mos mehmonxonalar ro‘yxatini qaytaradi.

Spiker

Abdulla Abdurazzoqov
Abdulla
Abdurazzoqov
EXADEL kompaniyasida dasturiy ta'minot muhandisi. Ish tajribasi - 3 yildan ortiq.

Kurs ishtirokchilarining fikr-mulohazalari

  • Отзывы студентов Ivan Medvedev, Ivanteevka Курс «Sinov bo‘yicha muhandis»
    Agar biron bir materialni o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, amaliy ishlar yuzasidan  savol tug‘ilsa -  kuratorga yozish kifoya va  u sizga yordam beradi va muammoni qanday hal qilishga ko‘maklashadi.

    Kursda 9 oydan so‘ng men veb-saytlarga boshqacha nazar bilan qarashni boshladim. Endi men xatolarni ko‘ra olaman, sahifalashni bilaman, reportlarni olib boraman. Muayyan dasturiy ta’minot bilan ishlashni o‘rgandim.
    Hozirdanoq Skillbox ni tanlaganimdan umuman afsuslanmayman. Rahmat!!!
  • Отзывы студентов Valentina Narushevich, Sankt-Peterburg Курс «Grafik dizayner noldan PRO gacha»
    Kurs tufayli men ajoyib posterlar va vektorli tasvirlarni yaratishni o‘rgandim. Shuningdek, mening yangi skillarim ro‘yxati professional grafik dizaynerning asosiy ko‘nikmalaridan biri bo‘lgan retushlarim va tasvirlar obtravkasini  to‘ldiradi.
    Va, albatta,  jurnallarni sahifalash ko‘nikmasi! Endi, men haqiqiy grafik dizayner sifatida, birorta mashhur jurnalni osongina yarata olaman.
  • Отзывы студентов Yana Scherbiskaya, Krasnogorsk Курс «Photoshop noldan PRO gacha»
    Kurs juda yaxshi tuzilgan va dasturni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha bilimlarni o‘z ichiga olgan.  O‘zim albatta biror narsani  ko’zdan qochirgan bo‘lardim. Spikerlar hamma narsani xotirjam va sabr bilan tushuntiradilar. Agar biror narsani tushunmasangiz, ular qo‘shimcha videoni suratga oladiar va yana bir marta  namoyish etadilar.
    Skillbox kurslarining eng ajoyib tomoni - ishni qanday qilib to‘g‘ri bajarishni aytib beradiganlar bilan doimiy aloqaning mavjudligi.
  • Отзывы студентов Alla Komissarenko, Moskva Курс «UX-dizayner noldan PRO gacha»
    Menga dizayner sifatida ishlash juda yoqadi, umuman men UX-dan juda mamnunman, menda har doim tahlil qilishga bo‘lgan ishtiyoq bor edi. Yangi soha bo’yicha uzoq vaqt  ish qidirishdan so‘ng, do‘stim menga katta bir kompaniyaning veb-saytini qayta ishlashga buyurtma olishimga yordam berdi.
    Bundan tashqari, men kurator Aleksandr Svobodaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. U dizayn yechimlarining barcha kamchilik va xatolarini batafsil bayon qilib bordi.
  • Отзывы студентов Irina Semyonova, Belsi, Moldova Курс «SMM-mutaxassis»
    SMM bo‘yicha guruhlarda men o‘zimni qo‘rqitgan qamrov,  KPI va boshqa tushunariz so‘zlar nima ekanini bilib oldim. Matn qanchalik sodda va tushunarli bo‘lsa, shuncha yaxshi ekanini tushundim. Men reklama kabinetining murakkab ierarxiyasini anglab yetdim va auditoriya va reklamani qanday sozlashni o‘rgandim.
    Men allaqachon ishga kirishganman va o‘zimdan tajribaliroq  do‘stlarimni hamkasb deb atashdan qo‘rqmayman.
  • Старт курса: 1 февраля
  • Осталось: 8 мест

Kurs narxi

  • Kurs sovg'aga
  • Muddatli to'lov 12 oy
  • 1 yil ingliz tilini o'rganish bepul
  • 647 555 сум/мес
  • 996 239 сум/мес
Участвует в распродаже Скидки до 55% действуют 0 дня 00:00:00

Записаться на курс или получить бесплатную консультацию

Похоже, произошла ошибка. Попробуйте отправить снова или перезагрузите страницу.

Нажимая на кнопку, я соглашаюсь на обработку персональных данных и с правилами пользования Платформой

Нажимая на кнопку, я соглашаюсь с публичной офертой и политикой обработки персональных данных

Спасибо!

Ваша заявка успешно отправлена

Tez-tez beriladigan savollar

  • Men avval dasturlamaganman. Uddalay olarmikanman?
    Albatta! To‘g‘ri yondashuv, bilimlar ko‘lamini mutstaqil rivojlantirish va amaliy ishlarni o‘z vaqtida bajarish bilan siz maxsus bilimlarsiz ham natijaga erishishingiz mumkin. Tajribali murabbiylar hamma ishingizda yordam beradilar, sizni kurs davomida yo‘naltiradilar.
  • Kursda o‘qish uchun dasturiy ta’minot yoki uskunalar sotib olishim kerak bo‘ladimi?
    Yo‘q. Sizga kerkli barcha narsa kursda bor. Shu jumladan, IDE ot JetBrains ishlash muhiti ham.
  • Platformadagi mashg‘ulotlar jadvali qanday? Uni ish bilan birga olib borish mumkinmi?
    Kurs materiallari bilan o‘zingizga qulay vaqtda va o‘zingizga mos sur’atda ishlashingiz mumkin. Bundan tashqari, barcha videolar kurs tugaganidan keyin ham, doimiy mavjud bo‘ladi va shuning uchun siz istalgan vaqtda o‘z bilimingizni yangilashingiz mumkin. Platformadagi mashg‘ulotlar ishingiz, o‘qishingiz va shaxsiy hayotingiz bilan birga olib boriladigan tarzda tashkil etilgan.
  • Kursga haftasiga necha soat vaqt ajratishim kerak bo‘ladi?
    Hammasi o‘zingizga bog‘liq. Ishtirokchilar haftasiga o‘rtacha 3 soatdan 5 soatgacha shug‘ullanadilar. Biroq, kasbni tezda o‘zlashtirish va zo‘r dasturchi bo‘lishni istasangiz, materiallarni har kuni kamida 1-2 soat davomida o‘rganishingizni maslahat beramiz.
  • Boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish imkoni bormi?
    Ha. Siz turli kurslar bo‘yicha chatlarga qo‘shilasiz. U yerda siz foydali materiallarga havolalar va eng tez-tez uchraydigan savollarga javoblarni topasiz. Ushbu chatlarda ishtirokchilar bor bo‘lib, siz ular bilan mavzular va loyihalarni muhokama qilishingiz, tajriba almashishingiz yoki yordam so‘rashingiz mumkin.
  • Muddatli to‘lov dasturlari amal qiladimi?
    Ha, siz kursni qismlarga bo‘lib sotib olishingiz — va o‘z byudjetingizning to‘liq miqdorini kichik oylik to‘lovlarga bo‘lish orqali rejalashtirishingiz mumkin.